Yaponiya rasmiylari BMT Xavfsizlik kengashi qabul qilgan sanksiyalar keskinlashuvini nazarda tutuvchi yangi rezolyutsiyaga javoban KXDR tomonidan yangi harbiy fitnalarni istisno etmadi. Bu haqda mamlakat mudofaa vaziri Itsunori Onodera ma’lum qildi, deya xabar beradi “TASS”.
“Shimoliy Koreya tomonidan yangi fitnalarni istisno etmaymiz”, — dedi Xavfsizlik kengashi yangi rezolyutsiyasi qabul qilganiga izoh bergan vazir.
Onodera mudofaa vazirligi vaziyatni sinchiklab kuzatayotgani va yapon xalqini himoya qilish uchun bor imkoniyatini ishga solishini va’da qildi.
Izoh (0)