So‘nggi kunlarda “O‘zbekiston 24” kanali sinov rejimidan o‘ta olmagani uchun yopilishi haqida turli gap-so‘zlar tarqalgandi. “Daryo”ning O‘zMTRKdagi ishonchli manbasi bu xabarlarni rad etdi.
“Daryo” manbasining ma’lum qilishicha, kanal yopilishi haqidagi gaplar mish-mishdan o‘zga narsa emas. Kanal hali ham test rejimida ishlashda davom etmoqda.
Eslatib o‘tamiz, “O‘zbekiston 24” axborot-tahliliy telekanali 24-iyuldan efirga chiqib kelmoqda.
Izoh (0)