Buxoro viloyati G‘ijduvon tumani “Saidkent” qishlog‘ida yashovchi Erkin Mo‘minov yangi uy qurish uchun qazilma ishlari olib borayotgan paytda 1,5 metr chuqurlikdan bir ko‘za kumush tangalar topib oldi, deb xabar beradi “O‘zbekiston 24”.
Qayd etilishicha, yer ostida qariyb 7 asrdan buyon saqlanib kelgan mazkur 816 dona kumush tanga fuqaro tomonidan Buxoro davlat badiiy me’morchilik muzeyiga topshirilgan.
Izoh (0)