Janubiy Koreyaning Kapxene shahrida o‘ziga xos ommaviy nikoh marosimi bo‘lib o‘tdi. Dunyoning 64 mamlakati vakillari bo‘lgan 4 ming juftlik bir kunda oila qurdi, deb xabar berdi “O‘zbekiston 24”.
Tadbir Janubiy Koreya poytaxti Seuldan 75 kilometr shimoli-sharqda joylashgan Kapxene shahrida tashkil etildi. Yoshlarning visol oqshomini videoaloqa orqali dunyoning turli hududlaridan turib 20 ming nafar yosh juftlik bevosita kuzatish imkoniga ega bo‘ldi.
Tashkilotchilarning aytishicha, bunday marosimlarni ommalashtirish maqsadga muvofiqdir. Sababi oila qurish borasida hali bir to‘xtamga kela olmagan yigit-qizlarni hayot yo‘llarini imkon qadar tezroq birlashtirishga hamda oilalar mustahkamligini ta’minlashga undaydi.
Izoh (0)