Suriya shimolidagi Idlib viloyatida yuz bergan portlashlar natijasida kamida olti kishi halok bo‘ldi. Bu haqda Anadolu agentligi Idlib shahar fuqarolar mudofaasi otryadi komandiri Muhammad Xo‘ja Yusufga tayanib xabar berdi, deb yozadi “Korrespondent.net”.
Uning so‘zlariga ko‘ra, shaharning markaziy qismida bir nechta portlash qayd etilgan. Ayni paytda ularning sababi noma’lum bo‘lib qolmoqda.
Portlash oqibatida yana bir kishi kuchli jarohat olgan, uni kasalxonaga yetkazishgan.
Izoh (0)