AQSh Afg‘onistonga taxminan 3,5 ming harbiy xizmatchidan iborat qo‘shimcha kontingentni jo‘natdi. Bu haqda Reuters va The Wall Street Journal ma’lum qildi, deya xabar beradi “TASS”.
Pentagon rahbari Jeyms Mettis va AQSh qurolli kuchlari shtab boshliqlari qo‘mitasi raisi Jozef Danford Konress rahbariyatini yopiq tartibda Afg‘onistondagi vaziyatni izga solish bo‘yicha yangi strategiya haqida xabardor qilishga kirishdi. Mazkur uchrashuvlar 5-sentabr, seshanbadan, Kongress yozgi parlament ta’tillaridan qaytganidan so‘ng boshlandi.
Ma’lumot uchun, Afg‘onistonda ayni paytda 12 mingdan 14,5 minggacha bo‘lgan AQSh harbiysi joylashtirilgan.
Izoh (0)