Hindistonda fil o‘zi bilan selfiga tushmoqchi bo‘lgan mahalliy fuqaroni toptab tashladi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.
Daily Mail nashriga ko‘ra, hodisa Orissa shtati bog‘ida sodir bo‘ldi. Mahalliy fuqaro fil bilan birga suratga tushmoqchi bo‘ldi va unga juda yaqin kelib, g‘azabini qo‘zg‘adi.
Fil erkakni quvib yetib, oyoqlari bilan toptab tashladi, yordamga yetib kelgan bog‘ xodimlari esa jonivorni quvib yuborishga chora topolmadi.
Erkak tez tibbiy yordam mashinasida, kasalxonaga ketayotganda olamdan o‘tgani bildirilmoqda.
Izoh (0)