Texasga “Xarvi” to‘foni yopirilganda sutkalab ishlagan meteorolog Jeff Lindner ta’tilga chiqishi uchun 500 dan ortiq odam to‘plagan 17 ming dollarni olishdan bosh tortdi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar berdi.
“Jeff Lindnerga ta’til sotib olaylik” kampaniyasi tashkilotchilari meteorolog hafta mobaynidagi zo‘riqishdan so‘ng munosib dam olishga loyiq, deb hisobladi. Garchi aslida 4 ming dollar to‘plash mo‘ljallangan bo‘lsa ham, bir kunda jami 529 kishi 17 ming dollar yig‘ib berdi.
Lindner davlat xizmatchisi bo‘lgani va 100 dollardan oshiq summadagi sovg‘alarni olish man etilgani sababli to‘plangan mablag‘dan voz kechdi va uni toshqinlardan jabrlanganlarga yordam berishga yo‘naltirishni tavsiya qildi.
Izoh (0)