Myanmadagi musulmonlarni himoya qilish uchun Checheniston poytaxti Grozniy shahrida bo‘lib o‘tgan namoyishda 1,1 million kishi ishtirok etdi. Checheniston aholisining umumiy soni esa 1,4 million kishini tashkil qiladi. Bu haqda TJournal xabar berdi.
Grozniy shahri markazidagi “Chechenlar yuragi” masjidi oldida 4-sentabr kuni Myanmadagi roxinja xalqini qo‘llab-quvvatlash aksiyasi bo‘lib o‘tdi.
Checheniston rahbari Ramzan Qodirov, agar Rossiya rasmiylari musulmonlarni tahqirlashda ayblanayotgan Myanmaning amaldagi hukumatini qo‘llab-quvvatlasa, ularga qarshi chiqshini ma’lum qilgan.
Izoh (0)