Belgiya harbiy-havo kuchlari uchuvchisi ko‘rgazmali parvoz chog‘ida vertolyot kabinasidan o‘zini tashlab yuborgani taxmin qilinmoqda, deya xabar beradi RTL teleradiokompaniyasi.
Hodisa Lyej provinsiyasidagi Ame kommunasida joylashgan muhandislik batalyonida ochiq eshiklar kuni chog‘ida yuz berdi. Xabarlarga ko‘ra, Agusta A-109 vertolyoti uchuvchisi desant tushirib bo‘lgach, o‘rmon ustida, 1 kilometrdan ortiq balandlikda kabinadan parashyutsiz holda sakragan. Ikkinchi uchuvchi jangovar mashinani qo‘ndirishga muvaffaq bo‘lgan.
Tajribali uchuvchi o‘zini bunday tutishiga xotini bilan ajrashgani sababchi bo‘lgani taxmin qilinmoqda. Uning bir qizchasi bor.
Izoh (0)