Yaponiya Shimoliy Koreyaga oltinchi yadro sinovi o‘tkazilgani munosabati bilan keskin norozilik bildirdi. Bu haqda mamlakat bosh vaziri Sindzo Abe ma’lum qildi, deb xabar beradi “RBK”.
“Agar Shimoliy Koreya chindan ham yadro sinovi o‘tkazgan bo‘lsa, buni mutlaqo qabul qilib bo‘lmaydi va biz bunga qarshi keskin norozilik bildiramiz”, — dedi Abe.
Shuningdek, hukumat rahbari vazirlik va muassasalarga zilzila oqibatlari haqidagi ma’lumotlarni to‘plash va tahlil etishga ko‘rsatma berdi. AQSh va Xitoy bilan bu borada yaqin aloqada bo‘lib turishni topshirdi.
Yaponiya tashqi ishlar vaziri Taro Kono AQSh va Janubiy Koreyani zudlik bilan BMT Xavfsizlik Kengashi yig‘ilishini chaqirishga da’vat qildi.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq Yaponiya Shimoliy Koreya raketalarini lazer yordamida urib tushirishi ma’lum qilingandi.
Izoh (0)