Xitoy tashqi ishlar vazirligi Shimoliy Koreya tomonidan o‘tkazilgan yangi yadro sinovi munosabati bilan qat’iy norozilik bildirdi. Tegishli bayonot vazirlik saytida joylashtirildi, deb xabar beradi “Gazeta.ru”.
Pekin Pxenyanni BMT Xavfsizlik kengashi rezolyutsiyasiga rioya etishga chaqirdi.
“Xitoy BMT Xavfsizlik kengashi va xalqaro hamjamiyatning KXDRga taalluqli rezolyutsiyalari to‘liq bajarilishi ustida ishlaydi. Shuningdek, Koreya yarim orolida tinchlik va barqarorlik ta’minlanishi, hudud yadro qurolidan xoli bo‘lishiga intiladi”, — deyiladi bayonotda.
Izoh (0)