Janubiy Koreya prezidenti Mun Chje In KXDRda 3-sentabr, yakshanba kuni qayd etilgan va yer osti yadro sinovidan dalolat beradigan zilziladan so‘ng Milliy xavfsizlik kengashi yig‘ilishini chaqirmoqda. Bu haqda “TASS” ma’lum qildi.
Zilzila kuchi 2016-yilgi oxirgi yadro sinovidan 9,8 barobar kuchli bo‘lgani bildirilmoqda.
Oldinroq Janubiy Koreya razvedkasi KXDR Punge-ri poligonidagi ikki yer osti tunnelida yadro sinoviga tayyorgarlikni yakunlaganini tasdiqlagandi.
Izoh (0)