Rossiya tashqi ishlar vazirligi KXDR tomonidan 3-sentabr, yakshanba kuni “qit’alararo ballistik raketa uchun termoyadro portlovchi qurilmasi” sinovi o‘tkazilganidan chuqur tashvish bildirdi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar bermoqda.
“Pxenyan BMT Xavfsizlik kengashining tegishli rezolyutsiyalari va xalqaro huquq me’yorlarini navbatdagi ravishda namoyishkorona pisand etmasligi eng keskin qoralashga loyiq”, — deyiladi vazirlik bayonotida.
Rossiya TIVga ko‘ra, Shimoliy Koreya rasmiylari o‘z harakatlari bilan Koreya yarim oroli va mintaqada tinchlik-barqarorlikka jiddiy xavf tug‘dirmoqda.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq KXDR televideniyesi mamlakatda qit’alararo ballistik raketa uchun vodorod bombasi kallagi muvaffaqiyatli sinovdan o‘tkazilganini ma’lum qilgandi.
Izoh (0)