Shimoliy Koreyada 3-sentabr, yakshanba kuni ro‘y bergan zilzilaga sabab bo‘lgani taxmin etilayotgan yadro qurilmasi kuchi oldingi sinovlarda kuzatilganidan 10 barobar ortiq bo‘ldi. Bu haqda, Yaponiya meteorologiya agentligiga tayanib, Reuters ma’lum qildi, deb xabar beradi “RBK”.
“Bu KXDR shimoli-sharqiy qismida shu paytgacha qayd etilgan eng qudratli silkinish bo‘ldi. Uning kuchi oldingilaridan kamida 10 barobar ortiq edi”, — ta’kidladi agentlik vakili.
Yaponiya tashqi ishlar vaziri Taro Kano mamlakat milliy xavfsizlik kengashi yig‘ilishidan so‘ng seysmologlar qayd etgan silkinishlarni yer osti yadro portlashi keltirib chiqarganini bildirdi.
Yonhap agentligiga ko‘ra, Janubiy Koreya ekspertlari KXDRning yangi portlovchi qurilmasi kuchi 100 kilotonnaga yetishi mumkinligini ta’kidlamoqda.
Izoh (0)