Gollivud aktyori Leonardo di Kaprio “Xarvi” to‘fonidan jabrlanganlarga ko‘mak berish jamg‘armasiga 1 million dollar xayriya qildi, deb yozadi “TASS” ushbu United Way nomli tashkilot prezidenti xabariga tayanib.
Di Kaprio mazkur mablag‘ni o‘zi yaratgan xayriya jamg‘armasi orqali ko‘chirib o‘tkazgan.
Di Kaprio avval ham tabiiy ofatlardan jabrlanganlarga yordam berish uchun ko‘p marta xayriyalarni amalga oshirgan. Xususan 2010-yilda Gaitidagi zilziladan, 2012-yilda “Sendi” dovulidan jabr ko‘rganlarga yordam qo‘lini cho‘zgan.
So‘nggi kunlarda amerikalik ko‘plab mashhurlar “Xarvi”dan jabrlanganlarni qo‘llab-quvvatlash uchun mablag‘ xayriya qilmoqda. Ular orasida aktrisa Sandra Bullok, model Kim Kardashyan, qo‘shiqchi Beyonse, aktyor Kevin Xart bor.
Izoh (0)