Madaniyat vazirining birinchi o‘rinbosari Ozodbek Nazarbekov “Yoshlar” teleradiokanali direktorligidan qog‘ozbozlik tufayli ketmaganini ma’lum qildi. Bu haqda u jurnalist Feruz Muhammadga bergan intervyusida aytib o‘tdi.
“Yoshlar” teleradiokanali rahbarligidan ketishim noto‘g‘ri talqin qilindi, men telekanaldan qog‘ozbozlikni sabab qilib ketmadim. Kanaldagi faoliyatimda tashkilotchilik ishlari bilan band bo‘lishni istagan edim. Madaniyat vaziri o‘rinbosari sifatida faoliyatimga ko‘p bo‘lmagan bo‘lsa-da, tashkiliy ishlarni ham, hujjatlar bilan ishlashni ham bir maromda olib boryapman, deb o‘ylayman.Madaniyat va san’at sohasida boshqaruv organi hisoblanuvchi Madaniyat vazirligida, eng avvalo, ijro intizomi muhim. Shu jihatdan olib qarasa, hujjatlar bilan ishlash, vazifalar taqsimotini qilishni qog‘ozbozlik sifatida tushunmayman. Barcha berilayotgan va yuklanayotgan vazifalar, avvalambor, hujjatlarga borib taqaladi, shu o‘rinda “hujjatbozlik” bilan ishni olib borishga mas’ulman.
Ozodbek Nazarbekov, Madaniyat vazirining birinchi o‘rinbosari
Izoh (0)