AQShning Delaver shtati universitetida olib borilgan tadqiqotlar ko‘rsatishicha, tez orada texnikaga talab taklifdan o‘zib ketadi, va hatto xomashyoni takroriy qayta ishlash ham yuqori texnologik qurilmalarni ishlab chiqarish uchun materiallarning yetarli miqdorini ta’minlay olmaydi, deb yozadi “Hi-tech.mail.ru”. Bunda gap mis, shuningdek, neodim, terbiy yoki iridiy kabi yanada noyob metallar haqida bormoqda.
O‘sib borayotgan taklif bilan bir qatorda, bir qancha omillar zarur foydali qazilmalarni qazib olishni qiyinlashtiradi. Masalan, faqat 10 foiz holatlarda foydali qazilmalarni qidirish jarayoni kon topilishi bilan tugashi mumkin. Bundan tashqari, kon topilganidan to qazib chiqarish ishlari boshlangunicha ko‘p yillar o‘tishi mumkin.
“Yashil” texnologiyalar bugungi kunda sayyora uchun yagona joiz kelajak hisoblanadi, ammo ularda juda katta miqdorda foydali qazilmalar qo‘llaniladi.
“Nahotki, bir necha yil avval tasavvur etilgan shaffof smartfonlar, chiqarib olinadigan ekranli va boshqa hayratlanarli funksiyalari bo‘lgan gadjetlar o‘rniga bizni ‘aqlli qurilmalar’ davrining nihoyasi kutmoqda?” — deya xulosa qilinadi xabarda.
Izoh (0)