Facebook ijtimoiy tarmog‘i xavfsizlik xizmati har kuni 1 millionga yaqin akkauntni yopadi, ularning ko‘pchiligi spamerlar, firibgarlar va nafrat qo‘zg‘atuvchi odamlar tomonidan yaratiladi. Bu haqda ijtimoiy tarmoqning xavfsizlik bo‘limi rahbari Aleks Stamos ma’lum qildi, deb yozadi “Korrespondent.net”.
Ammo Facebook’dan 2 milliarddan ziyod odam foydalanishini hisobga olganda, ishlab chiquvchilar potensial “xavfli subyektlar”ning barchasini bartaraf qila olmayapti. Ustiga-ustak, ular ba’zan xavf tug‘dirmaydigan akkauntlar, foto va videolar yoki xabarlarni ham o‘chirib yuboradi.
“Kuniga millionlab va millionlab bir-biriga bog‘liq harakatlarni bajarishga to‘g‘ri kelganida yanglishmasdan ishlash qiyin”, — dedi Stamos.
Izoh (0)