Bir nechta sayyohlik internet-servislarini birlashtiruvchi Expedia kompaniyasi sobiq prezidenti Dara Kosrovshaxi Uber bosh direktori lavozimini egallaydi, deb yozadi “Interfaks”.
Bungacha top-menejer lavozimiga tayinlash uchun direktorlar kengashi Hewlett Packard Enterprise bosh direktori Meg Uitman va General Electric rahbari Jefri Immelt nomzodlarini rad etgandi.
Kompaniyaning birinchi bosh direktori va asoschisi Trevis Kalanik iyun oxirida kompaniya ko‘rgan zararlar va ketma-ket mojarolardan norozi bo‘lgan aksiyadorlar bosimi ostida iste’foga chiqqanidan keyin Uber’ga yangi rahbarni qidirish boshlangandi.
Kalanik, kompaniya asoschisi sifatida, direktorlar kengashida qoladi. Shuningdek, unda aksiyalarning 10 foizi ham qoladi.
Nashr eslatishicha, Uber’ni shafqatsiz korporativ madaniyatni joriy qilishda ayblashgan edi. Shuningdek, kompaniyani haydovchisiz boshqariladigan avtomobillar texnologiyasini o‘g‘irlashda ayblagan Alphabet kompaniyasi bilan sud mojarolari bo‘lib o‘tgandi.
Izoh (0)