Xitoyda 18:9 displeyi, virtual Home tugmasi va ekran atrofidagi juda ingichka romi bo‘lgan iPhone 8 klonini yasashdi, deb yozadi “Hi-tech.mail.ru” taniqli dizayner va insayder Benjamin Geskinga tayanib.
Hatto qurilmaning operatsion tizimi ham bo‘lg‘usi Apple flagmani ishlaydigan iOS 11 dan nusxa olgan holda yaratilgan.
Xitoy klonini hoziroq sotib olish mumkin bo‘lsa ajab emas, deyiladi xabarda. Ustiga-ustak u asl smartfondan ancha arzon turishi ham aniq.
https://twitter.com/VenyaGeskin1/status/902115472765747200
Izoh (0)