Internetda erkak kishining zelyonka (ko‘kdori) bilan yuvinayotgani aks etgan video paydo bo‘ldi. U “quyonlar”ni zelyonka bilan yuvinishga majburlagan xabarovsklik taksichi ekanligi taxmin qilinmoqda, deb yozadi “Gazeta.ru”.
Kadrlarda haydovchi yuziga zelyonka surayotganini ko‘rish mumkin, ayni paytda esa kadr ortidagi noma’lum erkak taksichiga u va uning hamkasblari “o‘zlarini hayvonlar kabi” tutayotganini aytgan.
Nashr eslatishicha, avvalroq Xabarovskda taksichilar yo‘l haqini to‘lamagan ikki qizni yuzlarini zelyonka bilan yuvishga majburlagani haqida ma’lumot tarqalgani yuzasidan tergovoldi tekshiruvini boshlagan edi. Keyinroq taksichilar ishdan haydalgani ma’lum bo‘ldi.
Izoh (0)