Afg‘oniston harbiy-havo kuchlari Hirot viloyatidagi “Tolibon” qamoqxonasiga zarba berdi. Bu haqda 1TV telekanali ma’lum qildi.
Hujum oqibatida 16 nafar mahbus — asir olingan afg‘on harbiylari va toliblarga qarshi kayfiyatdagi fuqarolar halok bo‘ldi.
4 nafar mahbus qochgani taxmin qilinmoqda.
Shuningdek, bombardimon natijasida 8 nafar jangari o‘ldirilgani bildirilmoqda.
Izoh (0)