Yevropa noqonuniy muhojirlar uchun o‘z chegaralarini yopadi, deb yozadi “Vesti.ru”.
Parijda Yevroittifoq mamlakatlarini “g‘arq qilib yuborish”ga tayyor qochoqlar oqimini to‘sish yo‘llari muhokama qilinmoqda. Shu jumladan, muhojirlikni tartibga soluvchi yangi reglamentni ishlab chiqish haqida gap bordi. Amaldagi loyiha qochoqlarni o‘z vataniga qaytarib yuborishda qiyinchiliklarni tug‘diradi.
Avvalroq Fransiya hukumati hatto, yil oxiriga qadar vataniga qaytib ketadigan har bir qochoqqa 2,5 ming yevrodan pul to‘lashni ham taklif etgandi.
Izoh (0)