Toshkent viloyati hokimining turizm bo‘yicha o‘rinbosari tayinlandi. Bu haqda Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi rasmiy saytida ma’lum qilindi.
“O‘zbekiston Prezidentining ‘Turizm sohasini rivojlantirishda mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining mas'uliyatini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida’gi PQ-3129-sonli qaroriga muvofiq Sayfiddin Nizamov Toshkent viloyati hokimining turizmni rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi”, — deyiladi xabarnomada.
Izoh (0)