Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan shoshilinch uchrashuvi sababini ma’lum qildi. Bu haqda “RBK” xabar bermoqda.
“Suriyadagi vaziyat so‘nggi haftalargacha barqaror edi. Oxirgi bir necha hafta davomida katta o‘zgarishlar yuz berdi. Umuman, Isroil armiyasi va Rossiya qo‘shinlari o‘rtasida to‘qnashuvlar kelib chiqmasligini ta’minlash uchun vaqti-vaqti bilan uchrashib, mavjud holatni muhokama etib turamiz”, — ta’kidladi Netanyaxu Channel 20 Israel telekanaliga bergan intervyusida.
Bosh vazirga ko‘ra, 23-avgust kuni Sochida bo‘lib o‘tgan Rossiya yetakchi bilan oxirgi uchrashuv “deyarli to‘lig‘icha” Eronning Suriyada o‘z mavqeini mustahkamlashga urinishlariga bag‘ishlandi. Unda Netanyaxu Eronni nafaqat Isroil, balki butun dunyo uchun xavf hamda terrorchilik o‘chog‘i deb atagan.
Izoh (0)