Suriya armiyasi Rossiya harbiy-koinot kuchlari qo‘magida Frot daryosi vodiysida IShID marralariga hujum uyushtirib, jangarilar nazoratidagi Dayr az-Zavr shahriga yo‘l ochmoqda. Bu haqda “Kommersant.ru” ma’lum qildi.
“Joriy yil 27-avgust kuni general Hasan Suxal boshchiligidagi hukumat qo‘shinlari otryadlari Rossiya aviatsiyasi yordamida Frot daryosi vodiysida, G‘anim Ali shahrida IShIDning eng jangovar va yaxshi qurollangan guruhini tor-mor qildi”, — deyiladi Rossiya mudofaa vazirligi xabarida.
Vazirlikka ko‘ra, hujum chog‘ida IShIDning 800 dan ortiq jangarisi o‘ldirildi, 13 tank, 39 ta pulemyot o‘rnatilgan pikap, 9 ta minomyot va artilleriya to‘pi yo‘q qilindi.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.
Izoh (0)