Xitoy kiberxavfsizlik sohasida kadrlar tayyorlash bo‘yicha institut qurishga kirishdi. Bu haqda “Kommersant” xabar bermoqda.
Institut Xubey provinsiyasining Uxan shahridagi iqtisodiy zonada barpo etilmoqda. Loyiha 5 milliard yuan (750 million dollar) baholandi.
Institutning ochilishi 2019-yil iyuniga mo‘ljallangan. Unda bir paytning o‘zida 10 minggacha kishi o‘qishi mumkin. Mamlakatda 2027-yilga qadar yana 4-6 ta shunday o‘quv yurti ochish rejalashtirilgan.
Ma’lumot uchun, Xitoyda 2016-yil noyabrida kiberxavfsizlik bo‘yicha yangi qonun qabul qilindi.
Izoh (0)