AQSh prezidenti Donald Tramp senatorlar bilan shaxsiy suhbatlarida Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalardan norozilik bildirdi. Bu haqda Politico nashri manbalariga tayanib, “Kommersant” ma’lum qildi.
Nashrga ko‘ra, AQSh prezidenti, jumladan, Senatning xorijiy ishlar bo‘yicha qo‘mitasi rahbari Bob Korkerni Rossiyaga qarshi cheklovlarni kuchaytirish haqidagi qonun loyihasi chuqur o‘ylanmagan siyosiy qadam bo‘lganiga ishontirishga uringan.
Tramp, shuningdek, hujjat aksilkonstitutsiyaviy ekanligi va prezidentligiga putur yetkazishini ta’kidlagan.
Biroq senator o‘z bilganidan qolmagan va qonun loyihasi Kongressning ikki platasi tomonidan ham ma’qullanishini bildirgan. “Trampning bundan aniq hafsalasi pir bo‘ldi”, — deydi Politico manbalaridan biri.
Izoh (0)