Rossiya va AQSh vakillari Suriyadagi operatsiya doirasida kuniga 10-12 marotaba qo‘ng‘iroqlashmoqda. Bu Suriya osmonida ikki davlat harbiy samolyotlari to‘qnash kelishining oldini oladi, deya xabar beradi “Kommersant”.
Reuters agentligiga ko‘ra, Rossiya va AQShning Suriya bo‘yicha doimiy aloqalari oxirgi 4 oy mobaynida bo‘lib o‘tmoqda.
“Biz o‘ta jiddiy muammolar ustida ishladik. AQSh hamda Rossiyaning faoliyat doirasini ajratish yo‘nalishini qo‘llab-quvvatlash, shuningdek, missiyamizni davom ettirish imkoniyatini topdik”, — dedi AQSh Harbiy-havo kuchlarining Yaqin Sharqdagi qo‘mondoni Jefri Xarrijian.
Izoh (0)