AQShning Kubadagi elchixonasi xodimlaridan kamida 16 nafari “akustik qurol”dan jabrlandi. Bu haqda Davlat departamenti rasmiy vakili Xizer Nauert ma’lum qildi, deya xabar beradi “Gazeta.ru”.
“Biz mazkur holatdan jabrlangan amerikaliklar soni bo‘yicha ma’lumotni endi oldik. Elchixonamizning kamida 16 nafar xodimida kasallikning u yoki bu alomatlari qayd etilganini tasdiqlashimiz mumkin. Ularga AQSh va Kubada tibbiy yordam ko‘rsatildi. Biz bu vaziyatga o‘ta jiddiy yondoshmoqdamiz”, — dedi Xizer Nauert.
Davlat departamenti tekshiruvning hozirgi bosqichida kimningdir zimmasiga hodisa uchun javobgarlikni yuklashdan bosh tortdi.
Izoh (0)