• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12531.78
    • RUB159.82
    • EUR14538.12
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +25°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Shuhrat Rizayev “Do‘stlik” ordeni bilan mukofotlandi. Uning Prezidentga yozgan xati lotin-kirill muhokamasiga sabab bo‘lgan edi

    Taniqli adabiyotshunos Shuhrat Rizayev O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 25-avgustdagi farmoniga muvofiq “Do‘stlik” ordeni bilan mukofotlandi. Bu haqda “O‘zbekiston 24” telekanali xabar bermoqda.

    Shuhrat Rizayev — markazda.

    Shuhrat Rizayev — markazda.
    Foto: “Ijod.uz”

    Avvalroq “O‘zbekiston” telekanalidagi “Munosabat” ko‘rsatuvi boshlovchisi Quddus A’zam “Do‘stlik” ordeni bilan, O‘zbekiston xalq yozuvchisi Tohir Malik esa “Mehnat shuhrati” ordeni bilan taqdirlangani haqida xabar berilgan edi.

    Prezident farmonida qayd etilishicha, ular O‘zbekiston “mustaqilligini mustahkamlash, milliy g‘oyani rivojlantirish, ma’naviyatimizni tiklash, o‘zligimizni anglash yo‘lida katta hissa qo‘shgan, yorqin iste’dodi va ijodi, ilmiy faoliyati, halol xizmati, yoshlarni ona yurtga muhabbat, istiqlol g‘oyalariga sadoqat ruhida sog‘lom va barkamol etib tarbiyalash hamda jamoat ishlaridagi faol ishtiroki uchun” mukofotlangan.

    Taqdirlanganlarning to‘liq ro‘yxati bilan bu yerda tanishish mumkin.

    Mavzuga doir: Prezident farmoni bilan bir qator o‘zbekistonliklar davlat mukofotlari bilan taqdirlandi

    Ma’lumot uchun, Shuhrat Rizayev 19-avgust kuni “O‘zbekkino” milliy agentligi bosh direktori birinchi o‘rinbosari sifatida tanishtirilgan edi. Bungacha u “Jahon adabiyoti” jurnaliga rahbarlik qilib kelayotgan edi.

    Mavzuga doir: Kirill yozuvini lotindan ustun qilish iltimosi bilan Prezidentga xat yozgan Shuhrat Rizayev “O‘zbekkino” rahbari o‘rinbosari etib tayinlandi

    Qayd etish joiz, Shuhrat Rizayevning “Kitob dunyosi” gazetasida (saytida 10-avgust kuni) e’lon qilingan Prezident Shavkat Mirziyoyevga maktubi so‘nggi vaqtlarda jamoatchilik o‘rtasida bahs-munozaralarga sabab bo‘lgan edi.

    Shuhrat Rizayev o‘z maktubida Prezident e’tiboriga bir necha takliflarni havola qilgan bo‘lib, ular orasida “kirillni asosiy, lotinni ikkinchi alifbo sifatida qonuniylashtirish” taklifi ham bor edi.

    Shuhrat Rizayevning alifbo masalasida Prezident Shavkat Mirziyoyevga bildirgan fikrlari bilan to‘liq quyida tanishishingiz mumkin.

    …Shu bilan bog‘liq yana bir o‘ta muhim va g‘oyat og‘riqli muammo bor. Bu — joriy alifbomiz masalasi. Bugun 25 yoshgacha bo‘lgan farzandlarimiz lotin alifbosi asosidagi yozuvda savod chiqarib, undan foydalanyapti. Katta yoshdagi hamyurtlarimiz esa kirill yozuvidagi alifboda mutolaa qiladi va ish yuritadi. Mana, uchinchi o‘n yillik to‘lib boryaptiki, ko‘pchilik hanuz lotin yozuviga moslasha olmayotir.

    Qolaversa, lotin alifbosi, mutaxassislar fikricha, tilimiz tabiatiga unchalik muvofiq emas. Binobarin, u yanada takomillashtirishni taqozo etadi. Shu bois ommalashmayotgan alifbodan ommaviy axborot vositalari ham, nashriyotlar ham nihoyatda kam foydalanyapti. Maktab va o‘rta maxsus o‘quv yurtlari kutubxonalari lotin yozuvida bo‘lmagan adabiyotlarni fondlariga olmaydi. Natijada — bu kutubxonalar g‘aribu qashshoq, yoshlarimiz yonib targ‘ib qilinayotgan kitobxonlik va mutolaa madaniyatidan bir tosh narida!

    Istiqlolimizning dastlabki yillari “Yosh gvardiya” yoki “O‘zbekiston SSR” nomi bilan nashr etilgan neki kitob bo‘lsa, u Alisher Navoiymi, yo Abdulla Qodiriy qalamiga mansubmi — farqiga bormay mahv etganlari kabi, undan avvalroq alifboni uch bora o‘zgartirib (arab, lotin, kirill), xalqimizni savodsiz etganlaridek johilona ish tutishlar millatimiz tarixi va taqdirida xunuk va zararli iz qoldirishi tayin.

    Siz ma’ruzangizda “jaholat” tushunchasiga alohida to‘xtalib, “… bugungi hayotiy jarayonlar jaholat hamma sohada ham uchrashi, agar unga qarshi o‘z vaqtida kurash olib borilmasa, o‘ta og‘ir oqibatlarga olib kelishi mumkinligini ko‘rsatmoqda”, deb aytdingiz. Sho‘ro davlati alifbo masalasida ana shunday siyosat yuritgani uchun, arab, keyinroq qisqa muddat lotin alifbosida yaratilib, saqlangan yoki nashr etilgan qanchadan-qancha ma’naviy-madaniy obidalar: qo‘lyozmalar, hujjatlar, gazeta-jurnal, kitob­lar, yozishmalar arxivu hujjatxonalarda o‘lik bisot bo‘lib yotibdi.

    Biz ham lotindan kirill alifbosiga o‘tilgan davrdan to shu kungacha sakson yillik madaniy tariximizni farzandlarimizga keraksiz bir mulk o‘laroq qoldirmaylik. Fursat o‘tmasidan kirillni — asosiy, lotinni ikkinchi alifbo sifatida qonunlashtiraylik.

    Shuhrat Rizayev, adabiyotshunos

    25.08.2017, 21:18   Izoh (0)   24310
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Quddus A’zam “Do‘stlik” ordeni bilan mukofotlandi

    25.08.2017, 20:42

    “Kiyinishidan viloyatlikka o‘xshash shaxs”ni qidirgan Toshkent IIBB, jurnalistlarni “qishloqi” deb atagan O‘FF xodimi, Nurafshonga aylangan To‘ytepa va kunning bos...

    25.08.2017, 20:19

    Prezident farmoni bilan bir qator o‘zbekistonliklar davlat mukofotlari bilan taqdirlandi

    25.08.2017, 20:09

    Senat O‘zbekiston Oliy sudi tarkibiga kiritilgan o‘zgarishlarni tasdiqladi

    25.08.2017, 19:53

    Shavkat Mirziyoyev Krasnodardagi YTH munosabati bilan Putinga hamdardlik bildirdi

    25.08.2017, 19:02

    Abdulaziz Komilov Latviyaning O‘zbekistondagi yangi elchisini qabul qildi

    25.08.2017, 18:49
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “Wyndham Garden Charvak” kurort majmuasi qurilishi qanday kechayotganini ko‘rsatdi


    Anorbank va Beelab O‘zbekiston raqamli banking bozorida hamkorlik o‘rnatdi


    O‘zbekiston terma jamoasining dunyodagi eng yirik sport tadbiriga chiqishi Kia brendining mavqeini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi 


    Toshkent shahar hokimligi ko‘magida 2025-yil 2-4-oktyabr kunlari CAEx HoReCa & UzFPT ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi


    Toshkent va Bangkok o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnov: Centrum Air yangi xalqaro yo‘nalishni ishga tushiradi 


    American University of Technology (AUT) 28-iyun - Ochiq eshiklar kuniga taklif etadi


    Market Yandex Go Samarqandda ishga tushdi


    “Mikrokreditbank” ATB IX Germaniya-O‘zbekiston biznes forumi doirasida ODDO BHF bank bilan 50 million dollarlik shartnoma imzoladi


    “S&P” O‘zbekiston Milliy Bankining rеyting prognozini “ijobiy”ga ko‘tardi 


    Oqtepa Lavash “Kalmar o‘yini” asosida Dalgona Boksini chiqardi


    "Eco Expo Central Asia 2025" doirasida xalqaro ekologik tashabbuslar birlashmoqda


    Paynet xizmatlari endi Kapitalbank bankomatlarida mavjud


    BYD Astana Motors rasmiy dilerlik tarmog‘i Toshkentdagi barcha beshta dilerlik markazida "Best Buy Day" tadbirini o‘tkazadi


    Savdo, fintex va “yashil” loyihalar: Octobank Xitoy bilan hamkorlikni qanday yo‘lga qo‘ymoqda


    Click & Smart Business (sobiq UZKASSA): biznes muvaffaqiyati va mijozlar qulayligi uchun hamkorlik

     

    Tavsiya etamiz

    Audio Icon

    Joy hammaga yetardi: Jeyms Kemeronga ko‘ra, “Titanik” yo‘lovchilarining omon qolish imkoniyati bo‘lgan

    25 iyun, 23:50

    “Trampning Titanigi to‘xtaydi” — Eron elchisi

    25 iyun, 13:39

    AQSHning Yaqin Sharqdagi harbiy bazalari soni nechta va qayerda joylashgan?

    24 iyun, 19:05

    Vashington Tehronga qarshi harbiy kampaniyadan Xitoy va Rossiyani jilovlashda foydalanmoqchimi? Mintaqamizni nimalar kutadi?

    19 iyun, 22:05
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Qo‘rqinchli tushlar erta o‘lim xavfini oshiradi va qarish jarayonini tezlashtiradi — tadqiqot

    Ilm-fan | 26 iyun, 09:59

    Isroilning G‘azoga hujumida 80 dan ortiq odam halok bo‘ldi

    Dunyo | 26 iyun, 09:53

    Yuz terisining qarishiga olib keladigan tonggi odatlar

    Go‘zallik | 26 iyun, 09:38

    O‘zbekistonda biogazdan metan ishlab chiqarish loyihasi amalga oshiriladi

    O‘zbekiston | 26 iyun, 09:27

    FIFA va UEFA Rossiya terma jamoasi hamda klublari uchun qo‘yilgan cheklovlarni bekor qilishi mumkin

    Sport | 26 iyun, 09:22

    Zelenskiy: “Rossiyaning barcha harbiy jinoyatchilari sud oldida javob beradi”

    Dunyo | 26 iyun, 08:52

    Joy hammaga yetardi: Jeyms Kemeronga ko‘ra, “Titanik” yo‘lovchilarining omon qolish imkoniyati bo‘lgan

    Kino | 25 iyun, 23:50
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.