O‘zMTRKning “O‘zbekiston” telekanali, “Yangi jamiyat” studiyasi bosh muharriri, “Munosabat” ko‘rsatuvi boshlovchisi Quddus A’zam “Do‘stlik” ordeni bilan mukofotlandi.

Quddus A’zam.
Kadr: YouTube

“O‘zbekiston 24”ning xabar berishicha, Quddus A’zam O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning “O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining yigirma olti yilligi munosabati bilan fan, ta’lim, sog‘liqni saqlash, adabiyot, madaniyat, san’at, ma’naviyat va ma’rifat, ommaviy axborot vositalari hamda ijtimoiy sohalar xodimlaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida”gi farmoniga muvofiq, taqdirlangan.

Timur Nizayev.
Foto: “Infocom.uz”

Farmonga ko‘ra, “Namangan haqiqati” gazetasi bo‘lim mudiri Risliq Majnunova va “Pravda Vostoka” gazetasi bo‘lim mudiri Timur Nizayev “O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan jurnalist” faxriy unvoni bilan taqdirlangan.

Hamidulla Akbarov.
Foto: “NatLib.uz”

O‘zbekiston Milliy universiteti jurnalistika fakulteti Televideniye va radioeshittirish kafedrasi professori Hamidulla Akbarov “Mehnat shuhrati” ordeni bilan mukofotlangan.

Taqdirlanganlarning to‘liq ro‘yxati bilan bu yerda tanishish mumkin.