O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Krasnodar o‘lkasida yuz bergan yo‘l-transport hodisasi munosabati bilan Rossiya davlat rahbari Vladimir Putinga hamdardlik bildirdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar bermoqda.
“O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Rossiyaning Krasnodar o‘lkasida yirik yo‘l-transport hodisasi oqibatida ko‘plab insonlar halok bo‘lgani va jabrlangani munosabati bilan Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putinga hamdardlik bildirdi”, — deyiladi rasmiy axborotda.
So‘nggi xabarlarga ko‘ra, 25-avgust kuni Rossiyaning Krasnodar o‘lkasi Volna shaharchasi yaqinida avtobusning suvga qulashi oqibatida 18 kishi halok bo‘lgan.
Izoh (0)