O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov 25-avgust kuni Latviyaning yangi tayinlangan elchisi Mixails Popkovsni qabul qildi.
TIV matbuot xizmatining xabar berishicha, elchi Popkovs O‘zbekiston tashqi ishlar vaziriga o‘z ishonch yorliqlari nusxasini topshirgan.
Suhbat chog‘ida O‘zbekiston—Latviya kun tartibining dolzarb masalalari, aloqalarni siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsion, transport-kommunikatsiya, madaniy-gumanitar va boshqa sohalarda rivojlantirish hamda “O‘zbekiston—Yevropa Ittifoqi” shaklida hamkorlik qilish yuzasidan fikr almashildi.
“Muzokaralarda alohida e’tibor bo‘lajak ikki tomonlama qo‘shma tadbirlarga qaratildi”, — deyiladi vazirlik rasmiy axborotida.
Izoh (0)