O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, adabiyotshunos olim Ibrohim G‘afurov “O‘zbekiston Respublikasi san’at arbobi” faxriy unvoni bilan taqdirlandi. Bu haqda “O‘zbekiston 24” xabar bermoqda.

Ibrohim G‘afurov.
Foto: “Ziyouz.com”

Ibrohim G‘ofurov va boshqa bir guruh adabiyotshunos olimlar, publitsistlar, yozuvchi va shoirlar O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 25-avgustdagi farmoni bilan faxriy unvonlar va ordenlar bilan taqdirlangan.

Xususan, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, adabiyotshunos olim Baxtiyor Nazarov “O‘zbekiston Respublikasi fan arbobi” faxriy unvoni bilan, shoir Baxtiyor Genjemuratov esa “O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi” faxriy unvoni bilan mukofotlangan.

Tohir Malik.
Foto: “Ziyouz.com”

O‘zbekiston xalq yozuvchisi Tohir Malik hamda Yozuvchilar uyushmasi a’zolari — shoir Mirpo‘lat Mirzo “Mehnat shuhrati” ordeni bilan, publitsist Ahmadjon Meliboyev, yozuvchilar Asad Asil, Erkin Samandar, shoirlar Ismoiljon Mirzamahmudov, Farida Bo‘tayeva “Do‘stlik” ordeni bilan taqdirlandi.

Prezident tomonidan mukofotlanganlarning to‘liq ro‘yxati bilan bu yerda tanishish mumkin.