Toshkentdagi Xalqaro Vestminster universiteti o‘qituvchisi Raufxon Salaxo‘jayev “Shuhrat” medali bilan taqdirlandi. Bu O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 25-avgustdagi farmonida belgilab qo‘yilgan.
Farmonda qayd etilishicha, Raufxon Salaxo‘jayev O‘zbekistonda “amalga oshirilayotgan ma’naviy-ma’rifiy va ijtimoiy islohotlardagi faol ishtiroki, samarali mehnati, yosh avlodni Vatanga muhabbat, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash ishiga qo‘shgan hissasi uchun” mukofotlangan.
Eslatib o‘tamiz, Raufxon Salaxo‘jayev RePeC tashkiloti tomonidan tuzilgan dunyoning eng yaxshi 100 nafar yosh iqtisodchisi ro‘yxatiga kirgan ilk o‘zbekistonlik bo‘lgan edi.
Salaxo‘jayev mazkur ro‘yxatda 32-o‘rindan joy olgan bo‘lib, kuchli elliktalikka Raufxondan tashqari Osiyoning faqat ikki vakili — Hindiston va Yaponiya iqtisodchilari kiritilgan edi.
Jahonning eng yaxshi 100 nafar yosh iqtisodchisi ro‘yxatiga kiritilgani ma’lum bo‘lganidan so‘ng, 2017-yil mart oyida O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Raufxon Salaxo‘jayevga Toshkent markazidan uy sovg‘a qilgan edi.
O‘zbekiston Prezidentining 25-avgustdagi farmoni bilan mukofotlanganlarning to‘liq ro‘yxati bilan bu yerda tanishish mumkin.
Mavzuga doir: — Shuhrat Rizayev “Do‘stlik” ordeni bilan mukofotlandi. Uning Prezidentga yozgan xati lotin-kirill muhokamasiga sabab bo‘lgan edi— Tohir Malik “Mehnat shuhrati” ordeni bilan taqdirlandi, Ibrohim G‘afurov “O‘zbekiston san’at arbobi” bo‘ldi— Quddus A’zam “Do‘stlik” ordeni bilan mukofotlandi
Izoh (0)