Yamanda 35 nafar tinch aholi vakili Saudiya Arabistoni boshchiligidagi koalitsiya harbiy-havo kuchlari bombardimoni qurboni bo‘ldi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Al Mayadeen telekanaliga ko‘ra, aviazarba Sanoning shimoliy chekkasiga berilgan. “Sinxua” agentligi zarba Sano shimolidagi mehmonxonaga qaratilganini bildirdi.
Reuters hodisa oqibatida 13 kishi yaralanganini ma’lum qildi.
Izoh (0)