AQSh davlat kotibi Reks Tillerson 23-avgust, seshanba kuni Rossiyani Afg‘onistondagi “Tolibon” ekstremistik harakatiga qurol yetkazib berishda aybladi, deb xabar berdi “Vedomosti”.
“Rossiya rostdan ham “Tolibon”ni qurol bilan ta’minlaydi va bu, albatta, xalqaro huquq hamda BMT Xavfsizlik kengashi qoidalarini buzish hisoblanadi. Agarda kimdir qurol yetkazib berishni istasa bu afg‘on hukumati orqali amalga oshirilishi kerak”, — dedi Tillerson AQSh davlat departamentining yig‘ilishida.
Avvalroq, Rossiya Mudofaa vazirligi Amerika tomonidan bildirilgan bu kabi ayblovlarni rad etgan edi.
Izoh (0)