AQSh Harbiy-dengiz kuchlari rahbariyati Tinch okeanidan qo‘nim topgan 7-flot qo‘mondoni vitse-admiral Jozef Okoinni xizmat vazifasidan chetlatish niyatida. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Mazkur flot javobgarligi doirasidagi hududlarda Amerika esminetslari bilan bog‘liq favqulodda holatlardan so‘ng shunday qaror qabul qilindi.
The Wall Street Journal nashriga ko‘ra, vitse-admiral yoshiga yetgani tufayli yana bir necha haftadan so‘ng shundoq ham iste’foga chiqishi kerak edi. Biroq HDK rahbariyati uni ishonchni yo‘qotgan hisoblab, sharmandalarcha bo‘shatishga qaror qildi.
Bu haqda 23-avgust, chorshanba kuni rasman ma’lum qilinadi.
21-avgust kuni Singapur yaqinidagi Malakka bo‘g‘ozida John S. McCain raketa esminetsining Alnic MC tankeri bilan to‘qnashuvidan so‘ng 10 nafar dengizchi bedarak yo‘qoldi, 5 kishi jarohat oldi.
17-iyunda Idzu yarim oroli janubidagi Irodzaki burnidan 20 kilometr uzoqda Fitzgerald esminetsi ham ACX Crystal konteyner tashuvchisi bilan to‘qnashgan va 7 nafar amerikalik dengizchi halok bo‘lgandi.
Izoh (0)