Barselona va Kambrilsda yuz bergan terakt tashkilotchisi imom Abdulboqi as-Satiy Ispaniyadan uch yil avval chiqarib yuborilishi kerak bo‘lgan. O‘shanda u qamoq jazosini o‘tab bo‘lgan edi. Bu haqda Mundo gazetasiga tayanib, “RIA Novosti” xabar berdi.
Hukumat kelib chiqishi Marokashdan bo‘lgan bu shaxsni ozodlikka chiqqanidan so‘ng darhol deportatsiya qilmoqchi bo‘lgan. Biroq as-Satiy o‘z appelyatsiyasida bunday qaror xalqaro huquq nuqtai nazaridan uning huquqlarini buzishini ma’lum qilgan. Sud jarayonida imomni deportatsiya qilish haqidagi qaror bajarilmagan.
Izoh (0)