AQSh boshliq xalqaro koalitsiya kuchlarining Raqqaga bergan aviazarbalari oqibatida 78 nafar tinch aholi vakili halok bo‘ldi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar bermoqda.
Suriyaning SANA davlat agentligi xabariga ko‘ra, aviazarbalar Raqqaning As-Sahaniy, Haret al-Bedu va At-Tusiya nohiyalariga berilgan.
Bombardimon oqibatida ko‘plab turar joy binolari va infratuzilma inshootlariga ham zarar yetgan.
Izoh (0)