IShID nazorati ostidagi Tall-Afar shahrini shturm qilishga kirishgan Iroq qo‘shinlari dastlabki dahani terrorchilardan ozod qildi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
“Shia ko‘ngillilarining ‘Al-Hashd ash-Sha’biy’ bo‘linmalari va xavfsizlik kuchlari Tall-Afar shimoli-g‘arbidagi al-Kifah dahasini to‘liq ozod qildi”, — deyiladi Iroq qurolli kuchlari axborotida.
20-avgustga o‘tar kechasi Iroq bosh vaziri Haydar al-Obodiy telemurojaat orqali Tall-Afarni IShIDdan ozod qilish bo‘yicha operatsiya boshlanganini e’lon qildi; shahar Mosuldan 70 kilometr g‘arbda joylashgan.
Izoh (0)