Chili hukumati Kokimbo hududidagi mis va temir rudasi qazib olish bo‘yicha loyihadan voz kechdi. Bunga loyihaning hudud ekologiyasi va Gumboldt pingvinlari populyatsiyasiga zarar yetkazish xavfi sabab bo‘lgan. Bu haqda “Interfaks” xabar berdi.
Chili atrof-muhitni muhofaza qilish vaziri Marselo Menaning so‘zlariga ko‘ra, Dominga loyihasi uchun ariza topshirgan Andes Iron kompaniyasi tog‘ qazilma ishlari natijasida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan oqibatlarni bartaraf etish bo‘yicha yetarlicha kafolat bera olmagan.
Andes Iron kompaniyasi bir yilda 12 million tonna temir rudasi va qariyb 150 ming tonna mis rudasi qazib olishni rejalashtirgan edi.
Kokiimbo hududida Gumboldt pingvinlarining katta populyatsiyasi yashaydigan qo‘riqxona joylashgan. Ular “xavf ostida” qolgan deb tan olingan va ularga xavf soluvchi omillar bartaraf etilmasa, turga yo‘qolib ketish xavfi tahdid qilmoqda. Dunyodagi Gumboldt pingvinlarining soni 12 mingtadan oshmaydi.
Izoh (0)