Gvineyadagi chiqindilar uyumining aholi uylariga qulashi oqibatida kamida 8 kishi halok bo‘ldi. Yana 10 ga yaqin kishi yaralandi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar bermoqda.
Hodisa mamlakat poytaxti Konakri chekkasida ro‘y berdi.
Ko‘chki shiddatli yomg‘irlar chog‘i sodir bo‘ldi. Ayrim uylarning yog‘och tomlari ulkan chiqindi uyumlariga tutash bo‘lgani bildirilmoqda.
Izoh (0)