Ingushetiyaning Malgobek tumanidagi Psedax qishlog‘ida huquq-tartibot idoralari vakillari jangarilar guruhini yo‘q qildi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 3 nafar jangari o‘ldirildi. Operatsiya davomida tinch aholi va kuch tizimi xodimlaridan hech kim jabrlanmadi.
23-avgust, dushanba kuni Psedax qishlog‘ida aksilterror operatsiyasi tartibi joriy etildi. Tekshiruv davomida aniqlangan va harbiylarga qarata o‘q uzgan jangarilar yo‘q qilindi. Otishma chog‘ida jinoyatchilar yashiringan uyda kuchli portlash ro‘y berdi. Bino to‘liq vayron bo‘ldi.
Milliy aksilterror qo‘mitasiga ko‘ra, yo‘q qilingan terrorchilar orasida politsiyachilarni o‘ldirish va FXX boshqarmasi binosi o‘qqa tutilishiga aloqador bo‘lgan Malgobek jinoiy guruhi yetakchisi va a’zolari bo‘lgan.
Izoh (0)