Polsha milliy xotira instituti mamlakatning sobiq prezidenti Lex Valensaga qarshi maxsus xizmatlar bilan hamkorlik borasida yolg‘on ma’lumot berish gumoni bilan jinoiy ish qo‘zg‘atdi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar bermoqda.
Mamlakat bosh prokurorining o‘rinbosari Anjey Pozorskiyga ko‘ra, jinoiy ish rasman shu yilning 27-iyun kuni Bosh komissiya prokurori tomonidan ochilgan.
Lex Valensa Polsha xalq respublikasi yillarida maxsus xizmatlar bilan hamkorlik qilgani, ammo buni yashirgani taxmin qilinmoqda.
2016-yil fevralida Milliy xotira instituti xodimlari 2015-yili vafot etgan general Cheslav Kishchakning uyidan topilgan maxfiy hujjatlarni oshkor etdi. Ularda Valensa PXR davrida maxsus xizmatlar agenti bo‘lgani ko‘rsatilgan.
Hujjatlar orasida, xususan, maxsus xizmatlar bilan hamkorlik qilishga rozilik ifodalangan ariza saqlangan bo‘lib, u “Lex Valensa. Bolek” deb imzolangan.
Izoh (0)