O‘zbekiston Bosh vaziri o‘rinbosari, Qishloq va suv xo‘jaligi vaziri Zoyir Mirzayev 21-avgust kuni Jakartada Indoneziya prezidenti Joko Vidodo bilan uchrashdi, deb yozadi UzDaily.
O‘zbekiston delegatsiyasining tashrifi mamlakatlar o‘rtasidagi aloqalarni, xususan, qishloq xo‘jaligi va baliqchilik sohasidagi hamkorlikni mustahkamlashga hamda Indoneziyaning ushbu yo‘nalishlardagi tajribasini o‘rganishga qaratilgan.
Indoneziya vazirliklari va idoralarida bo‘lib o‘tgan uchrashuvlar chog‘ida O‘zbekiston delegatsiyasi oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash va suv madaniyatini rivojlantirish masalalarini muhokama qildi.
Tomonlar Indoneziya delegatsiyasi mamlakatlar o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirish uchun O‘zbekistonga tashrif buyurishi haqida kelishib oldi. Ikki mamlakat vakillari, shuningdek, tomonlar savdo-sotiqni rivojlantirish uchun katta salohiyatga ega ekanligini qayd etdi.
Izoh (0)