• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12557.56
    • RUB159.44
    • EUR14809.13
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +41°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Baxtiyor Nasimov: Jamoat transporti. Keyingi qadamni qo‘yish vaqti keldi

    O‘zbekiston axborot texnologiyalari mamlakatiga aylanganiga ancha bo‘ldi. Ishlaydigan odamlarning har birida plastik karta (ko‘pincha bir nechtadan) bor. Uyali telefonlar foydalanuvchilarining barchasida kundalik hayotni yengillashtiruvchi dasturlar yuklab olingan. Ko‘plab to‘lovlarni va pul o‘tkazmalarini divanda o‘tirgan holda amalga oshirishimizga ko‘nikib ham qolganmiz.

    Ammo, mana zamonaviy sun’iy yo‘ldoshli navigatsiya bilan jihozlangan, turgan joyi haqidagi ma’lumot har bir metrigacha aniq qilib telefonimizga koinotdan yuboriladigan avtobus keladi-yu,… yo‘l haqi to‘lovi texnologiyasida 1913-yil boshlanadi.

    Koinotdan ko‘rinayotgan eshak arava

    Kecha supermarketdan chiqib, avtobus qachon kelishini bilish uchun odatim bo‘yicha telefonimda “Toshshahartransxizmat” AJning “TashBus” mobil dasturini tekshirdim.

     

    XXI asr. Toshkentning barcha avtobuslari GPS-tizim bilan jihozlangan va sayyoradagi har qanday kishi qaysi yo‘nalishda, aynan qaysi avtobus, qanday tezlikda va qachon shahardagi minglab bekatlardan biriga yetib kelishini ko‘rishi mumkin.

    “55 soniyadan keyin” deya ma’lum qildi dastur. Avtobus yetib keldi. U ham zamonaviy. Ammo avtobusga chiqishim bilan yuz yil orqaga qaytdim.

    “Shopir aka, orqa eshigingizni ochvoring!”

    “Oldiga o‘ting!”

    “Menda proyezdnoy!”

    Tamoman odatiy manzara. Hatto salonda konduktor bo‘lsa ham, siz butun salondan o‘tib, oldingi eshikka borishga majbur bo‘lasiz. Konduktorsiz holat, ya’ni haydovchi orqasida o‘tirgan o‘nlab kishilarning hayotini boshqarib ketayotib, yo‘l-yo‘lakay bir qo‘llab qaytimni sanab beradigan holat esa hech ham qoyil emas.

    Birdan kelishib olaylik: hozir shahar jamoat transportida haydovchi bo‘lib ishlash qanchalik qiyinligi yoki konduktor bo‘lish qanchalik oson emasligi haqida gapirmaymiz. Bilamiz va ishonamiz. Ammo, ishoning, dunyoda hech kim osonlik bilan pul topmaydi. Bugun biz real, zamonaviy va ko‘plab mamlakatlarda transportda qo‘llaniladigan axborot texnologiyalariga to‘xtalamiz, ularni joriy qilish quyidagi imkoniyatlarni beradi:

    • safarni ancha qulay va xavfsiz qilish;
    • shahar budjetini ahamiyatli tarzda ko‘paytirish;
    • transport parkini yangilash (avtobuslar, metro, tramvay, trolleybus, yo‘nalishli taksi) va ehtiyot qismlari sotib olish uchun yetarlicha pulga ega bo‘lish;
    • yo‘lovchilar sonini va toifasini aniq bilish hamda liniyadagi transport soni va jadvalini to‘g‘ri boshqarish;
    • transport tizimidagi korrupsiya imkoniyatini kamaytirish.

    Bugungi kun texnologiyalari

    Matndagi pastroqda yozmoqchi bo‘lgan gapimni to‘g‘ri tushunishingizni so‘rayman. Men uni maqtanish uchun emas, menda solishtirish uchun nimadir borligini ta’kidlash uchungina yozaman.

    Shunday qilib, hozirgi 56 yoshimgacha 22 ta mamlakatga tashrif buyurish hamda Yevrosiyo va Amerikaning 211 ta shahrida metro, tramvay, taksi va rikshalarda safar qilishga muvaffaq bo‘lganman.

    O‘zim tashrif buyurgan shaharlarning ko‘pchiligida, hatto ular boy mamlakatlar qatoriga kirmasa-da, azaldan va muvaffaqiyatli tarzda juda xilma-xil va juda qulay avtomatlashgan to‘lov tizimlari ishlamoqda. Ustiga-ustak, Yevropa bu borada, mening tajribamga ko‘ra, AQShni ancha ortda qoldirmoqda. Ayniqsa Yevropa sayyohlik markazlari muvaffaqiyatli rivojlanmoqda.

    Parijda va Pragada juda yaxshi qulaylik yaratilgan. O‘rni kelganida aytish kerakki, Praga Toshkentdan ikki marta kichikroq, ammo 1998-yil dekabridayoq ularning transportlari o‘ziga xosligi bilan meni hayratda qoldirgan edi. Chexiya poytaxtida siz vaqtbay va barcha transportlar uchun mo‘ljallangan chiptani sotib olasiz. Ya’ni ertalab ishga ketishda 90 daqiqaga chipta olasiz. So‘ng bir transportdan boshqasiga o‘tgan holda — avtobus, tramvay, metroda BITTA chipta bilan yurasiz. Bizda esa yo‘lovchi bitta yo‘nalishdagi bitta transportda bir marta yurish uchun bitta chipta oladi. Zamonaviy tizimlar ancha o‘zgaruvchan va bunga ko‘p bo‘lgan.

    Mobil aloqa asosidagi simsiz to‘lov tizimlari Ispaniya, Isroil, AQSh, Yangi Zelandiya, Xitoy, Chexiyada muvaffaqiyatli tarzda ishlamoqda.

    Ko‘p mamlakatlarda jamoat transporti uchun chiptaga SMS yordamida to‘lash mumkin. Ham avtobus, ham tramvay va ham ikki turdagi metroda yurish uchun Oyster elektron plastik smart-kartasi va simsiz to‘lovni qo‘llab-quvvatlovchi bank kartalari yordamida to‘lovlar amalga oshiriladigan London jamoatchilik transportidagi to‘lov tizimi haqida esa qo‘shiqlar yozish mumkin.

    Ushbu qaydlarning maqsadi texnologiyalarni sharhlashdan iborat emas. Shunchaki aytib qo‘yay: transportda yo‘lkirani to‘lash bo‘yicha avtomatlashgan tizimlarning amaliyotda o‘zini yaxshi tomondan ko‘rsatgan va muvaffaqiyatli tarzda ishlayotganlari ko‘p. O‘tgan 15—20 yil ichida ularda telefon, plastik karta, kredit karta, magnit chiziqli qog‘oz chipta kabi barcha mavjud vositalarni qo‘llash imkoniyati ishga solingan.

    Tirikchilikning aybi bor

    “Toshshahartransxizmat” aksiyadorlik jamiyati saytiga “Avtomatlashtirilgan yo‘lkira to‘lash tizimi shahrimiz avtobuslarida kerakmi?” degan so‘rovnoma joylashtirilgan. Bugungi kunda unga berilgan javoblar natijalari quyidagicha:
    • Albatta kerak — 79,7%
    • Biz bu tizimga tayyor emasmiz — 11,4%
    • Yo‘q, kerak emas — 8,9%
    Ko‘rib turganingizdek, aksariyat avtomatlashtirilgan yo‘lkira to‘lash tizimi tarafdori. “Biz bu tizimga tayyor emasmiz” deb javob berganlarga shunday deymiz: tayyormiz va anchadan buyon. Ham ma’naviy, ham moddiy jihatdan. Men, masalan, maoshimning 70 foizini naqdsiz ko‘rinishda kartochkada olaman — qanday qilib men va menga o‘xshaganlar zamonaviy naqdsiz texnologiyalarga qarshi bo‘lishimiz mumkin?

    Bu koinotga tegishli allaqanday texnologik yangiliklar emas. Yuqorida aytib o‘tganimdek, aholining katta qismi maoshining ko‘p qismini kartochkada oladigan mamlakatda bu allaqachon pishib yetilgan zaruratdir.

    Moskvada 2003-yildayoq transportda yurishni nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimini joriy etishgandi. U yerda esa transport Toshkentdagidan ko‘proq: 5000 ta avtobus, trolleybus va tramvay 678 ta yo‘nalish bo‘yicha har kuni olti milliondan ortiq yo‘lovchini tashiydi.

    Bilasizmi, nima bo‘ldi? Yo‘lkira kirimi shunchaki o‘smadi, balki aql bovar qilmaydigan darajada oshib ketdi, chiptasiz yo‘lovchilar esa deyarli qolmadi. Shunda menda bir fikr uyg‘ondi. Mana Toshkentdagi avtobuslar yo‘lovchilari statistikasi.

    2014-yil. 312 130 000 yo‘lovchi2016-yil. 205 891 900 yo‘lovchi2017-yil. 109 992 900 yo‘lovchi (birinchi yarim yillik).

    Toshkentdagi avtobus yo‘lovchilari oqimi statistikasi kishini hayratlantiradi. Ikki yil davomida shahar aholisi muntazam o‘sgan. Yo‘lovchilar esa, aksincha, ikki yil ichida kutilmaganda 100 million kishiga kamayib qolgan.

    Endi yuz millionni hozirgi yo‘l haqiga ko‘paytiring va shunda kelib tushmagan 120 milliard so‘m yoki 30 million dollar kelib chiqadi.

    Endi 120 milliard so‘m yoki 30 million dollarga qancha avtobus, metro vagonlari, ehtiyot qismlari, g‘ildiraklar, yoqilg‘i sotib olish mumkinligini, qancha maosh va mukofot pullarini to‘lash mumkinligini tasavvur qilib ko‘ring.

    Menda shunday hissiyot borki, haqiqatda yo‘lovchilar soni kamaymagan. Yoki, har holda bunchalik keskin kamaymagan. Bu tushuncha hukumatda ham bor. O‘tgan oyda “Toshshahartransxizmat” AJ korxonalarining avtobus yo‘nalishlarida yo‘lovchilar oqimlarining tekshiruvdan o‘tkazilgani tasodif emas. Yo‘lovchilar oqimlari bo‘yicha haqiqiy statistikani olmoqchi bo‘lishdi.

    Uddalasa, qandini yesin-ku, “tushlik puli chiqadi”, “sigaret puli chiqadi”, “tirikchilikning aybi yo‘q” kabi bahonalarning barchasi budjetdan turli kenglikdagi jilg‘alar ko‘rinishida oqib ketadigan hisobga olinmagan “qora naqdina” oqimiga olib keladi.

    Budjetga qancha pul yetib kelmasligini yuqorida ko‘rishingiz mumkin.

    Shunday ekan, mamlakat va uning fuqarolari barcha yo‘lovchilar uchun qulay bo‘lgan, transportchilar uchun tashuvlar daromadliligini oshiruvchi va budjetni to‘ldiruvchi yo‘l haqi to‘lashning avtomatlashgan tizimi uchun to‘la tayyor bo‘ldi.

    Dunyodagi barcha narsalar kabi u ham mukammal emas. Birinchidan, tizim mablag‘ kiritishni talab qiladi: turniketlar, hisoblovchi qurilmalar, sotish tizimi, dasturiy ta’minot, ekspluatatsiya uchun xarajatlar. Tig‘iz paytda hisoblash qurilmalari bilan jihozlangan turniketlar tufayli transportga chiqish sekinlashishi bilan bog‘liq vaziyatni bemalol tasavvur qilish mumkin. Ayniqsa, bizning “o‘zbekistonliklarga xos navbatda turish qobiliyatimiz” bilan.

    Dunyodagi barcha narsalar kabi u ham mukammal emas. Ammo bugungidan ancha yaxshiroq.

    Win-win-win

    Ko‘pchilik mushtariylarga win-win — “qo‘sh g‘alaba” iborasi tanish. Bu — harakatni amalga oshirishdan ikkala tomon ham foyda ko‘rgan vaziyatda kuzatiladi. Yuqorida tilga olingan tizimlar bizni uchala tomonning ham g‘alabasiga olib boradi. Ana shunday win-win-win — uch tomonlama foydaga.

    Iste’molchilar (yo‘lovchilar) uchun win

    Tizim joriy qilinishi bilan yo‘l haqini nafaqat naqd pul yoki yo‘l chiptasi (proyezdnoy) bilan, balki gadjetlarning butun bir ro‘yxati orqali ham to‘lash mumkin bo‘ladi. Bu birinchidan. Ikkinchidan, yo‘lovchilar oqimlari haqidagi ma’lumotlar to‘planib borgani sari, shahar jamoat transporti eng optimal yo‘nalishlar bo‘yicha hamda kuzatib va rioya qilib boriladigan, iqtisodiy jihatdan o‘rinli vaqt oraliqlari bilan harakatlanadi.

    “Toshshahartransxizmat” uchun win

    “Qora naqdina jilg‘alari qurib bitadi”. “Toshshahartransxizmat”da har bitta yo‘nalishdagi daromad bo‘yicha aniq manzara mavjud bo‘ladi.

    Aksiyadorlik jamiyati daromadni yig‘ish va hisoblash jarayonlarini avtomatlashtirish hisobiga avtoparklar xarajatlarini minimallashtirish va ularning daromadliligini oshirish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Haydovchilar maoshlarini oshirishi ham mumkin va bu hammasi emas.

    Har bir yo‘lovchining to‘liq avtomatlashgan tarzda hisobga olinishi tashuvlar yo‘nalishlari va vaqtlari bo‘yicha yo‘lovchilarning soni va toifalarining real tahlilini olib borish imkoniyatini yuzaga keltiradi.

    Davlat uchun win

    Shahar jamoat transportida yo‘l haqi to‘lovining avtomatlashgan tizimi tashuvlar iqtisodiyotini shaffof qiladi. Korrupsiya imkoniyati yo‘lovchilar sonining umumiy hisobga olinishi va ularning oqimlari doimiy ravishda onlayn tarzda nazorat qilinishi sharofati bilan yo‘qqa chiqadi. Budjetga har yili kelib tushadigan tushumlar, mening hisob-kitoblarimga ko‘ra, 100 million yo‘lovchining yo‘l haqi summasiga o‘sadi. Hukumat transport ahvoli haqida subyektiv emas, balki ishonchli axborotga ega bo‘ladi, bu uning ishini takomillashtirish bo‘yicha har tomonlama mulohazali qarorlar qabul qilish imkonini beradi.

    “Toshshahartransxizmat” AJ 2014-yil iyulidayoq yo‘l haqi uchun elektron simsiz to‘lov tizimi tez orada joriy etilishi haqida xabar qilgandi. Kutyapmiz.

    Baxtiyor Nasimov, sharhlovchi

    22.08.2017, 09:30   Izoh (0)   57937
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    NRG Uzbekistan zamonaviy va keng majmua — Maftun Makon turar joy mavzesini qurish bo‘yicha ulkan loyihani amalga oshirmoqda


    “AloqaBank” yoshlar bilan ishlashga oid dasturlarni kengaytirmoqda


    NRG Uzbekistan 60 gektar maydonda "shahar ichida shahar" keng ko‘lamli turar-joy loyihasini ishga tushirmoqda


    Smart Business va UZCARD Farg‘ona tadbirkorlari uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochmoqda 


    Imzodan Engelberg premium romlari hashamatlikning timsolidir


    Farg‘ona viloyatida mo‘l hosil: fermerlar 95 sentnerdan ortiq g‘alla yetishtirdi 


    Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Fitch Ratings agentligining xalqaro kredit reytingini “BB, barqaror” darajasiga oshirdi


    SonetUzStyle – ijodiy kontent uchun Kia Sonet sovg‘a qilamiz


    Toshkentda navbatdagi SAG XL gilam do'koni o'z ishini boshladi


    HONOR ilhomlantiruvchi AI texnologiyalarga ega HONOR 400 seriyasini taqdim etdi


    Fitch Kapitalbankning reytingini "Ijobiy" prognoz bilan tasdiqladi


    Fitch Ratings “Biznesni rivojlantirish banki” ATB kredit reytingini oshirdi 


    Burger va lavashdan tortib kabob hamda flat-white’gacha — barchasi bir joyda!  


    Inflyatsiya va jamg‘armalar: Nega pul o‘z qiymatini yo‘qotadi?


    “O‘zbekgidroenergo” AJning xalqaro kredit reytingi BB (barqaror) darajasiga ko‘tarildi

     

    Tavsiya etamiz

    “O‘lim sharbati”: SSSRda Stalindan so‘ng ikkinchi qudratli shaxs nomi berilgan qurol qanday paydo bo‘lgandi?

    6 iyul, 15:23

    SSSRning qo‘shni davlatga bosqini tarixi: Afg‘onistonda yodgorlik o‘rnatilgan yagona sovet askari kim edi?

    5 iyul, 15:22

    “Erishib bo‘lmaydigan ball belgilangani yo‘q” — “El-yurt umidi” jamg‘armasi ijrochi direktori

    4 iyul, 22:11

    “AQSH o‘yindan chiqmoqchi”. Ukraina Qo‘shma Shtatlar yordamisiz qayergacha bora oladi?

    4 iyul, 19:55
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Qirg‘iziston rossiyaliklarga fuqarolik berishni to‘xtatdi

    Dunyo | 6 iyul, 17:10

    Ilon Mask o‘zining “Amerika” partiyasini tuzdi

    Dunyo | 6 iyul, 16:35

    “Manchester Yunayted” “Chelsi” futbolchisini o‘z safiga qo‘shib olishni istamoqda

    Sport | 6 iyul, 16:16

    Texasda dahshatli suv toshqini: 51 kishi halok bo‘ldi

    Dunyo | 6 iyul, 16:00

    Farg‘ona viloyati YHXB boshlig‘i lavozimidan ozod etildi

    O‘zbekiston | 6 iyul, 15:38

    “O‘lim sharbati”: SSSRda Stalindan so‘ng ikkinchi qudratli shaxs nomi berilgan qurol qanday paydo bo‘lgandi?

    Dunyo | 6 iyul, 15:23

    Erdo‘g‘on Trampdan G‘azo gumanitar yordam markazlarida aholiga o‘t ochish holatlarini to‘xtatish uchun yordam so‘radi

    Dunyo | 6 iyul, 14:54
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.