• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12586.41
    • RUB160.42
    • EUR14758.82
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +30°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Korzinka.uz” rahbari Zafar Hoshimov — o‘zbek tili, o‘zbek yozuvi va chet tillarga munosabat haqida

    “Korzinka.uz” supermarketlar tarmog‘i asoschisi Zafar Hoshimov “#Happinessshunoslik” shiori ostida Telegram’da o‘zi yuritadigan kanalda o‘zbek tili, lotin-kirill mavzusi va chet tillarga munosabat masalasida shaxsiy qarashlari bayon etilgan maqolani e’lon qildi. “Daryo” tahririyati ushbu maqolani juz’iy tahrirlar bilan qayta e’lon qiladi.

    Foto: “Erkak.uz”

    Foto: “Erkak.uz”

    Zafar Hoshimov: O‘zbek tili, o‘zbek yozuvi va chet tillarga munosabat haqida

    Facebook-lentamda bir insonning 1990-yillar boshida otasi Latviyaga borgani, u yerda, garchi hamma rus tilini bilsa-da, hech kim u kishi bilan qasddan rus tilida gaplashmagani, shu amallari bilan latviyaliklar o‘zining vatanparvar, tilparvar ekanliklarini namoyish etgani haqidagi hikoyani o‘qib qoldim. Va, shu tariqa, hikoya muallifi ona tilimizga hurmatimiz naqadar kamligi, ko‘plab vatandoshlarimiz hanuz rus tilidan o‘zini “ozod va mustaqil” qila olmaganliklarini chuqur tanqid ostiga olgan.

    Men bu masalaga biroz farqliroq yondashmoqchiman.

    Iqtisodda talab va taklif tushunchalari bor. Ya’ni, talab taklifni uyg‘otadi, taklif esa talabni qondiradi. Bu yerda “nega unaqamiz, nega bunaqamiz”, deb boshimizga tuproq sepib, xo‘rlanishimizdan hech foyda yo‘q.

    Ayni damda, o‘zbek tilining mavqeini oshirish uchun hayotimizdan rus yoki boshqa biror tilni “yo‘qotaylik” yo‘sinida ish tutish mutlaqo noto‘g‘ri. Bunday qarashlar xalqning bilimini, obro‘yini va, shu orqali, tilimizning mavqeini ham yanada tushiradi, deb ishonaman.

    Xo‘sh, xalqimizning o‘z ona tilimizga bo‘lgan talabini oshirish, uni haqiqiy “raqobatbardosh til”ga aylantirish uchun nimalar qilishimiz kerak, degan savol tug‘iladi.

    Avvalambor, tilga ta’rif beraylik. Til — bu bilim, fikr, axborot almashish va muloqot vositasidir.

    1. Bilimdan boshlaylik. Masalan, zamonaviy matematika, informatika, falsafa, psixologiya, iqtisod yoki boshqa istalgan fan yoki sohani olsak, bunda qariyb 90 foiz yangi bilim ingliz tilida barpo bo‘layapti, qolgan 10 foizi dunyoning boshqa tillarida (rus tilida 1 foizdan kam). Xuddi shuning uchun ham — o‘zbek tilining ingliz va boshqa chet tillarini o‘zlashtirishdagi o‘rnini tushungan holda — garchi o‘zimga ham kirill harflarida yozish osonroq tuyulsa-da, shaxsan men lotin alifbosiga o‘tishimizning qizg‘in tarafdoriman. Sababi, yoshligimizda ingliz tilini o‘qitishda qariyb bir yilni lotin harflarini o‘rganishga sarf qilardik, shunda ham qator o‘quvchilar bu alifboni chala o‘zlashtirar edi. Lotin harflari dunyoning bugun kunda mashhur tillarini o‘rganishimizga bir yaxshi qadam bo‘lib xizmat qiladi, deb o‘ylayman.

    Chet tillaridagi yangi asar va tadqiqotlarning 5—10 foizi — eng mashhurlari — nisbatan qisqa fursatda rus tiliga tarjima qilinadi. O‘zbek tiliga qanchasi tarjima bo‘layapti, deb so‘rasangiz, “0 (nol) foizga yaqin”, desam xato bo‘lmas. Shukur qilishimiz kerakki, aksariyat vatandoshlarimiz rus tilini biladi va shuning uchun ham zamonaviy ilm manbalariga shu kichikkina darcha orqali bo‘lsa-da, nazar sola biladi. Zamonaviy ilmga katta yo‘l ochamiz desak, yoshlarimizning ingliz, farang, olmon, xitoy va, shu jumladan, rus tilini ham o‘qishga bo‘lgan intilishilarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlashimiz kerak.

    2. Eng ilg‘or va qiziqarli fikrlar eng ilg‘or va qiziqarli ilm asosida ro‘yobga chiqadi. Bu borada islom ilmini o‘rganayotgan vatandosh olimlarimiz misolini ko‘raylik. Rahmatli Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf hazratlari bitgan kitoblar, chiqargan ovozli ma’ruzalar, talaygina din peshvolarimiz, imomlarimiz, ularning qator shogirdlari shu kunga qadar chiqargan va chiqarayotgan kitob hamda maqolalar, ijtimoiy tarmoqlarda yuritayotgan sahifalari shaxsan meni ona tilimiz boyligi va unda fikrni izhor qilish go‘zalligi bilan doim hayratlantirib kelgan. Bu kitoblar yuz minglab, millionlab nusxalarda keng tarqalib, ijtimoiy sahifa, sayt va kanallarda minglab-minglab tildoshlarimizga ona tilimizni targ‘ib qilib kelmoqda.

    Bu misol, menimcha, ona tilimizga bo‘lgan talabni qanday kuchaytirish kerak, degan savolga eng yaqqol javob bo‘la oladi. Agar biz boshqa barcha sohalarga shu tajribani qo‘llay bilsak edi, ya’ni, olim, tadqiqodchi va tarjimonlarimiz ilg‘or dunyo ilmlarini shu tariqa keng ommaga ona tilida yetkazganlarida edi, jahon adabiyoti gavharlari ona tilimizga sifatli tarjima qilinib, ularning adadini serob qilinganida edi, “Ona tilimizda gaplashaylik!”, degan da’vatlarga hech hojat qolmas edi.

    Shu o‘rinda, “Nega vaabshe o‘zbe tilida yozmisiz?”, deb birovlarga tanbeh beradigan tanqidchilarga: “Avval o‘zingiz o‘zbek tilini mukammal o‘zlashtirib oling, so‘ng bu tilda ijod qiling; to‘rt satr she’r yoki hikoya biting, hech bo‘lmasa, kichik bir hikoyani o‘zbek tiliga tarjima qiling va Telegram, Facebook yoki boshqa ijtimoiy tarmoq orqali tarqating; shu amal ona tilimiz uchun 30 yil hammaga ‘o‘zbecha yozila , o‘zbecha gapirila’, deb yurgandan afzalroqdir”, degim keladi (boshqalarning tanbeh luqmalarini mualliflarning o‘z imlosida keltirganim uchun uzr so‘rayman).

    3. Tilning axborot va mafkura vositasi sifatidagi roliga kelsak, aminmanki, bu alohida e’tiborga loyiq mavzu. Sababi, bugungi kunda dunyoda propaganda (targ‘ibot va tashviqot ishlari) juda kuchli. Davrimizning borliq va hodisalari haqida atroflicha, xolis va to‘liq axborot olish nafaqat hozirgi kunimiz, balki kelajagimizni belgilaydigan eng muhim omillardan biridir. Shu borada aytmoqchimanki, yaqin-yaqinlargacha ham mamlakatimizdagi ichki holat va tashqi hodisalarning milliy ommaviy axborot vositalari tomonidan o‘zbek tilida yoritilishi juda sust va zaif edi.

    O‘zbek televideniyesi, radiosi, gazetalari xabarlarni ancha yuzaki va chala yoritar edi. Hatto dunyoda yoki vatanimizda bo‘layotgan muhim hodisa va jarayonlar kechikib berilar — ba’zan chala yoritilsa, ba’zan mutlaqo sukut afzal ko‘rilar edi. Bu informatsion bo‘shliqni, turgan gapki, chet el ommaviy axborot vositalari, birinchi navbatda — tili tushunarli bo‘lgani sabab — Rossiya mediasi egallab boshlagan edi. Bu qator hollarda milliy mafkuraga salbiy ta’sir ko‘rsatadigan xavfli bir ahvoldir. Biroq so‘nggi vaqtlarda, shukrlar bo‘lsinkim, bu hol asta o‘zgarayapti: milliy telekanallar, axborot ko‘rsatuvlari va muhokamalar rivojlanib, milliy televideniyeni ko‘rish tobora qiziqarli bo‘lib borayapti. Albatta, bu omil ham tilimizning mavqei va unga bo‘lgan halq orasidagi talabni oshiradi.

    4. Odamlar orasidagi muloqotga kelsak, yuqorida qayd etilgan jarayonlar rivojlangani sari, bu sohada ham ijobiy o‘zgarishlar ko‘lami oshaveradi. Axir hamma ham eshitgan va o‘qiganlari narsalari haqida o‘sha eshitgan va o‘qigan tilida fikr almashishi tabiiy. Ya’ni, o‘zbek tilidagi axborot qancha ko‘p bo‘lsa, uning o‘zbekcha muhokamasi ham shu qadar bo‘lishi aniq .

    Ushbu fikrlarim yakunida aytmoqchi bo‘lgan asosiy g‘oyalar:

    • chet tillarini (rus tili ham bundan aslo mustasno emas) chuqur o‘rganaverishimiz kerak, bunga bilimlar xazinasiga kalit deb qarashimiz maqsadga muvofiqdir;
    • shu bilan birga, o‘zbek tilida ko‘p va sifatli kontent tayyorlash kerak — u xoh yangi kitob, jurnal, gazeta, internet, shu jumladan ijtimoiy tarmoqlardagi kontent bo‘lsin, xoh jahon adabiyoti, san’ati, she’riyati durdonalari, ilmiy-ommabop nashrlar, ko‘rsatuv yoki darsliklar bo‘lsin — farqi yo‘q;
    • ommaviy axborot vositalari sohasida mavjud qonun bilan belgilangan konseptual va strategik yo‘nalishlarga rioya qilgan xolda, boshqa barcha cheklovlarni olib tashlab, OAVlar rivoji yo‘lida hech qanday to‘siqlar qoldirmaslik kerak. Masalan, OAV millatlar, xalqlar, irq va din asosida odamlar orasida ziddiyat va qarama-qarshilik uyg‘otmasligi, ekstremizm va terrorizmning har qanday ko‘rinishiga qarshi bo‘lishi, milliy mustaqilligimiz g‘oyasini qo‘llab-quvvatlashi hamda inson huquqlari va qadriyatlariga hurmat bilan munosabatda bo‘lishi kabi asosiy tamoyillarga rioya etishini talab qilish kifoya. Shu prinsiplarni qo‘llagan holda, OAVlar har sohada o‘z auditoriyalariga monand turfa qiziqarli xabarlar berib yursa, ularning soni ko‘p va xilma-xil bo‘lsa, albatta, odamlarda ona tiliga bo‘lgan ehtiyoj yanada oshadi.
    Masalan, kuzatishim bo‘yicha, Xalqaro press-klubning chiqishlari, UzReport TV, “Zo‘r-TV”, “Milliy TV” va yangi tashkil etilgan “O‘zbekiston 24” telekanali qatorida, “Daryo”, “Kun.uz”, “Kommersant.uz” jurnalistlari bu masalada shu kunlarda ham katta ijobiy qadamlar tashlayapti. Yaqinda do‘stlarimiz tomonidan asos solingan “M-Faktor” loyihasi ham shu qatorda — loyiha ijodkorlari va qatnashchilari o‘zbek tilida yetuk tadbirkorlardan muvaffaqiyat sirlari va omillari haqida intervyu olib, keng ommaga axborot berishni o‘z oldilariga maqsad qilib qo‘ygan.

    Shu mulohazalarni e’tiborga olib, o‘zbek tilining kelajagi va rivoji uchun jon kuydirayotgan aziz vatandoshlar, iltimos, qalbimizda ona tiliga bo‘lgan muhabbat kimda ko‘pu, kimda kamligi borasida bir-birimiz bilan talashmaylik, bir-birimizni xoinlikda ayblab, yengishga urinmaylik — shu g‘ayrat-shijoatimizni ona tilimizni haqiqiy rivojlanishi yo‘lida ijobiy va amaliy yo‘sinda ishlataylik.

    E’tiboringiz uchun rahmat.

    PS. Darvoqe, 1990-yillar o‘tib ketib — xuddi o‘sha Latviyada hozir istalgan tilda savol bering, o‘sha tilda javob olasiz, jumladan, rus tilida.

    PPS. Mustamlaka ostida yashagan odamlarning mafkurasida bu ahvoldan haqiqiy ozod bo‘lganlik o‘tmishga hayajon va nafratsiz, qullik komplekslarisiz xolis nazar sola olishida namoyon bo‘ladi, aslida. Buvim rahmatli turmushidan ajragan jiyanlariga: “Undan hali ham jahling chiqayaptimi, bas, uni hanuz sevar ekansan”, — degan so‘zlarini rus tili va madaniyatiga nisbatan alamzada munosabatda yurgan ba’zi insonlarga qarata takrorlagim keladi.

    PPPS. Ba’zi joylarda yozuvim xato bo‘lgandir, buning uchun meni ma’zur tuting.

    22.08.2017, 08:39   Izoh (0)   31649
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Toshkent viloyatida ehtiyojmand fuqarolarga zamonaviy uy-joylar topshirildi

    22.08.2017, 07:29

    Yong‘in xavfsizligi qoidalarini buzgan mingdan ziyod shaxsga 114 million so‘m jarima solindi

    22.08.2017, 06:12

    Toshkentda 19-avgustda yuz bergan YTHlar oqibatida 1 kishi vafot etdi

    22.08.2017, 00:56

    Kun fotosi: Toshkent viloyatida o‘tkazilgan “namunali to‘y”dagi “I Love You”

    21.08.2017, 21:28

    O‘qituvchilarni paxtadan himoya qilgan hokimlar, O‘FF prezidenti saylovi, Xayrulla Nuriddinovning uch kunlik sarguzashti va kunning boshqa muhim xabarlari

    21.08.2017, 21:12

    Ozod Hamidxo‘jayev “O‘zbekiston 24” teleradiokanali rahbarligidan ketdi

    21.08.2017, 20:50
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Toshkent va Bangkok o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnov: Centrum Air yangi xalqaro yo‘nalishni ishga tushiradi 


    Yoz osmonning o‘zidayoq boshlanadi: Silk Avia Toshkentdan Issiqko‘lga kunlik aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘ymoqda


    Savdo, fintex va “yashil” loyihalar: Octobank Xitoy bilan hamkorlikni qanday yo‘lga qo‘ymoqda


    “S&P” O‘zbekiston Milliy Bankining rеyting prognozini “ijobiy”ga ko‘tardi 


    Market Yandex Go Samarqandda ishga tushdi


    Qashqadaryoning Chimyoni – Miraki haqida siz bilmagan faktlar


    Toshkentda Sting brendi homiyligida "Formula-1" filmining premyerasi bo‘lib o‘tdi


    “Wyndham Garden Charvak” kurort majmuasi qurilishi qanday kechayotganini ko‘rsatdi


    American University of Technology (AUT) 28-iyun - Ochiq eshiklar kuniga taklif etadi


     Navoiy innovatsiyalar universiteti: zamonaviy bilim sari ishonchli qadam 


    Qashqadaryo va Buxoroda amalga oshirilgan quyosh energiyasi loyihalariga 1 yil to‘lishi munosabati bilan rasmiy tadbir bo‘lib o‘tdi


    Qayerga investitsiya kiritish mumkin? Qanday aktiv turlari mavjud? 


    BI Group va Asakabank O‘zbekistonda tijorat ko‘chmas mulki uchun biznes ipotekasini ishga tushirdi


    BYD Astana Motors rasmiy dilerlik tarmog‘i Toshkentdagi barcha beshta dilerlik markazida "Best Buy Day" tadbirini o‘tkazadi


    “Kia Go!”: Kia Sonet egalarining uchrashuvi – yil davomida birga

     

    Tavsiya etamiz

    NATO tarixi – dunyodagi eng qudratli harbiy tashkilotning obro‘si pasaymoqdami?

    26 iyun, 20:31
    Audio Icon

    Joy hammaga yetardi: Jeyms Kemeronga ko‘ra, “Titanik” yo‘lovchilarining omon qolish imkoniyati bo‘lgan

    25 iyun, 23:50

    “Trampning Titanigi to‘xtaydi” — Eron elchisi

    25 iyun, 13:39

    AQSHning Yaqin Sharqdagi harbiy bazalari soni nechta va qayerda joylashgan?

    24 iyun, 19:05
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Buyuk Britaniya portida 2,4 tonna kokain aniqlandi

    Dunyo | 29 iyun, 20:35

    Tanzaniyada avtobuslar yonib ketishi sabab 38 kishi halok bo‘ldi

    Dunyo | 29 iyun, 19:40

    “Real” rahbariyati Vinisusning g‘alati harakatlari yuzasidan izoh so‘radi

    Sport | 29 iyun, 19:30

    Telegram’da faktlarni tekshirish funksiyasi paydo bo‘ldi

    Dunyo | 29 iyun, 19:15

    “Kelasi oy uchun 20 mln so‘m berib tur deydi”. Sherzod Kudbiyev o‘z xodimlari oldindan soliq undirayotganini qoraladi

    Iqtisodiyot | 29 iyun, 18:35

    Ozarbayjonda Rossiyaning barcha madaniy tadbirlari bekor qilindi

    Dunyo | 29 iyun, 18:10

    Eron: Isroilning qamoqxonaga hujumida 71 kishi halok bo‘lgan

    Dunyo | 29 iyun, 17:30

    Shavkat Mirziyoyev turkman xalqi milliy yetakchisi Gurbanguli Berdimuhamedovni tug‘ilgan kuni bilan tabrikladi

    O‘zbekiston | 29 iyun, 17:00
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.